La Liga. 23-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat

  • 10.02.2026 16:03
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

La Liganing 23-tur uchrashuvlari yakunlandi. Tur doirasida bir qator qiziqarli bahslar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, "Barselona" o‘z uyida "Malyorka"ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Chempionlik uchun kurashib kelayotgan "Real Madrid" esa safarda "Valensiya"ga qarshi qiyin kechgan o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Turning kutilmagan natijasi "Atletiko" — "Real Betis" uchrashuvida qayd etildi. Manuel Pellegrini shogirdlari Antonining yagona goli evaziga Madriddan g‘alaba bilan qaytishdi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda "Barselona" 40 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Ularning azaliy raqibi "Real" esa 1 ochko kam jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallagan. Kuchli uchlikni esa "matraschilar" 45 ochko bilan yakunlab turibdi.

Quyida 23-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvali bilan tanishishingiz mumkin.
Image
Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!