La Liga. 25-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing
La Liganing 25-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur tur doirasida bir qator qiziqarli va keskin o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
Xususan, "Real Madrid" safarda "Osasuna"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, muhim ochkolarni yo‘qotdi. Ularning asosiy raqobatchisi bo‘lgan "Barselona" esa "Levante"ni qiyinchiliksiz yengdi.
Shuningdek, "Atletiko" gollarga boy o‘tgan o‘yinda "Espanyol"ni taslim qildi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda kataloniyaliklar 61 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ulardan 1 ochko kam jamg‘argan "qirollik klubi" ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kuchli uchlikni esa 51 ochkoga ega "Vilyarreal" yakunlab bermoqda.
Quyida 25-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishishingiz mumkin.
Fikrlar