La Liga. 26-tur natijalari va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing
La Liganing 26-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur turda bir qator qiziqarli bahslar bo‘lib o‘tdi va kutilmagan natijalar ham qayd etildi.
Chempionlik uchun asosiy da’vogar "Barselona" o‘z uyida "Vilyarreal"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu o‘yinda Lamin Yamal xet-trik qayd etdi. Ularning asosiy raqobatchisi "Real Madrid" esa muxlislari ko‘z o‘ngida "Xetafe"ga imkoniyatni boy berdi. Shuningdek, "Atletiko Madrid" ham "Real Oviedo" ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda kataloniyaliklar 64 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinni esa 4 ochko kam jamg‘argan "Real Madrid" egalab turibdi. Kuchli uchlikni “matraschilar” yakunlamoqda.

Fikrlar