
La Liga. "Atletiko" ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
La Liganing 31-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Malorka" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Nastashich 20-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘nggida De Paul imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda Morata va Karrasko oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Atletiko" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 3-o‘rinda qoldi. "Matraschilar" "Real"dan o‘tib ketishi uchun 2 ochko kerak.
Fikrlar