La Liga. "Atletiko" oʻz uyida "Malyorka"ni yirik hisobda magʻlub etdi
La Liganing 22-turi doirasida "Atletiko Madrid" o‘z maydonida "Malyorka" jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda "matraschilar" 3:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Hisob 22-daqiqada Aleksandr Sёrlot tomonidan ochildi. 75-daqiqada esa mehmonlar futbolchisi David Lopes to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Qolgan daqiqalarda Tyago Almada ham gol urib, o‘yindagi yakuniy hisobni belgilab qo‘ydi.
Shu tariqa, Diego Simeone shogirdlari ochkolarini 44 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egalab turibdi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Atletiko Madrid
- Alexander Sørloth 22'
- Thiago Almada 87'
- David López 75'
Tugadi
3
:
0
25.01.2026 18:00
Fikrlar