La Liga klubi Italiyaga bormaslik uchun texnik mag‘lubiyatga ham rozi
Ispaniyaning "Xetafe" klubi UEFA Evropa ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi o‘yinni Italiyada o‘tkazilishini xohlamayapti. Bu haqda Onda Cero nashri xabar bermoqda.
"Agar hech narsa o‘zgarmasa, u holda biz Italiyaga bormaymiz. Biz UEFA va Ispaniya futbol federatsiyasiga Milandagi o‘yinni muqobil joyda o‘tkazishni so‘rab murojaat qillik. Agar bizga texnik mag‘lubiyat yozilsa, mayli yozilaversin. Ammo, men tavakkal qilishni istamayman", - deydi klub prezidenti Anxel Torres.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" – "Xetafe" uchrashuvi 12 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Italiyada esa 10 mingdan ortiq inson koronavirusga chalingan.
Fikrlar