La Liga rahbari hakamlikdan norozi bo‘lgan "Real"ni tanqid qildi

  • 16 sentabr, 10:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga prezidenti Xaver Tebas Madridning "Real" klubi "Real Sosedad"ga qarshi o‘yinning 32-daqiqasida "qaymoqranglilar" himoyachisi Din Xausen chetlatilgach, ispan futbolidagi hakamlik ustidan FIFAga shikoyat qilish istagi borligi haqida gapirdi. Bundan tashqari, funktsioner hakamning qaroriga ham munosabat bildirdi.

Tecno

"Shikoyat butun Ispaniya hakamligini qamrab olishini aytishgan ekan, demak, u barcha klublarni qamrab oladi. Agar u faqat "Real" va "Barselona" haqida bo‘lsa, bu noxolis bo‘ladi. Bizda Opta barcha klublardan chetlatishlar, penaltilar bilan nima bo‘lgani haqida ma’lumot bor. "Real"ning chetlatilgani haqida hech qanday hisobot ko‘rmadim. Qiziq... Bu to‘liq hisobot bo‘lsin va har kim undan o‘z xulosalarini chiqarsin. U faqat raqobatga zarar etkazishga qaratilgan bo‘ladi.

Men o‘z fikrimni bildirmoqchi emasman (Xausenni chetlatish haqida) va bunga aralashishning hojati yo‘q. Ishonchim komilki, hakamlar buni tushuntirishadi. Mening o‘z muxlislik fikrim bor. Biz FVS (Football Video Support - futbol o‘yinlarini video qo‘llab-quvvatlash tizimi) modeli yo‘nalishida harakat qilishimiz kerak", - deya Tebasning so‘zlarini keltiradi AS.

Eslatib o‘tamiz, FVS tizimi tufayli murabbiylar, agar xatoga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblasa, har bir o‘yinda video takrorlarni ko‘rish uchun ikki martagacha so‘rov yuborishlari mumkin. Agar murabbiy xatoga ishora qilsa, hakam maydon chetiga chiqib, epizodning takrorlanishini ko‘radi. FVS VAR tizimiga nisbatan arzonroq muqobil sifatida ko‘riladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!