Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

La Liga. "Sevilya" kichik farq bilan "Alaves"dan ustun keldi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Andalusiyaliklardan muhim g‘alaba

La Liganing 5-turidan o‘rin olgan navbatdagi bellashuv yakuniga etdi.

"Sevilya" "Alaves" maydonida mehmon bo‘ldi va 1:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mezbonlar hisobidagi yagona gol 17-daqiqada penaltidan unumli foydalangan Karlos Visente tomonidan kiritildi. "Sevilya" tarkibida esa Ruben Vargas va Aleksis Sanches o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Chililik hujumchi bir yarim yillik tanaffusdan so‘ng yana raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. Sanches bugungi kunga qadar so‘nggi marotaba 2024 yil 1 aprelda "Inter" darvozasiga to‘p kiritgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q