
La Liganing eng katta maosh oluvchi murabbiylari (top-3)
"L'Equipe" nashri La Ligada eng ko‘p maosh oluvchi uch nafar murabbiyni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Simeone La Ligada eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy bo‘lib, unga "Atletiko" rahbariyati oyiga 2,17 million evro maosh to‘laydi.
Bu borada keyingi ko‘rsatkich Karlo Anchelottiga tegishli bo‘lib, unga "qaymoqranglilar" oyiga 910 ming evro maosh beradi. La Liga peshqadami bo‘lib turgan "Barselona" ustozi Flik esa oyiga 830 ming evro maosh bilan 3-pog‘onani band etib turibdi.
Qayd etish lozim, avvalroq APLning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari uchligi haqida xabar bergandik.
Fikrlar