Lamin Yamal: "Dinni mashhara qilish — hurmatsizlik va qabul qilib bo‘lmaydigan holat"

  • 01.04.2026 18:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya va Misr terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvidan (0:0) keyin Lamin Yamal stadiondagi haqoratli chaqiriqlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Barselonada oʻtgan bahsning taxminan 20-daqiqasida muxlislarning bir qismi "Kim sakrmasa, u musulmon" deb hayqira boshlagan. "RCDE Stedium"dagi ayrim tomoshabinlar esa bu chaqiriqqa mos tarzda sakrashgan.

"Men musulmonman, alhamdulillah.

Kecha stadionda “Kim sakrmasa, u musulmon” degan chaqiriqlar yangradi. Bilaman, bu gaplar raqib jamoaga qaratilgan va menga shaxsan tegishli emasdi. Ammo musulmon sifatida bu men uchun baribir hurmatsizlik va qabul qilib boʻlmaydigan holat boʻlib qoladi.

Barcha muxlislar bunday emasligini tushunaman, ammo shunday chaqiriqlarni aytayotganlarga murojaat qilmoqchiman: stadionda dinni hazil yoki mashara vositasiga aylantirish sizlarni johil va irqchi insonlar sifatida koʻrsatadi. Futbolda zavq olish va jamoani qoʻllab-quvvatlash kerak, odamlarni kimligi yoki nimaga ishonishi uchun hurmatsizlik qilish emas.

Shunga qaramay, bizga dalda berish uchun kelgan barchaга rahmat, jahon chempionatida koʻrishguncha", — deb yozdi "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!