Lamin Yamal faoliyatida ilk bor xet-trik qayd etdi
"Barselona" vingeri Lamin Yamal oʻz faoliyatida ilk marta xet-trik muallifiga aylandi.
18 yoshli futbolchi La Liganing 26-turidan oʻrin olgan "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvda uchta gol urdi. Yamal 28-daqiqada hisobni ochdi. 37-daqiqada esa dubly rasmiylashtirdi – har ikki golga Fermin Lopes assistentlik qildi. 69-daqiqada esa Pedrining uzatmasidan soʻng Yamal xet-trik qilib qoʻydi..
Maʼlumotlarga koʻra, La Liga tarixida faqat ikki futbolchi bundan ham yoshroq paytida bir oʻyinda uchta gol urgan. 1934 yilda "Rasing" safida oʻynagan Pombo 17 yosh 222 kunligida, 1930 yilda "Atletik" aʼzosi Iraragorri esa 17 yosh 337 kunligida xet-trikka erishgan.
Shu tariqa, Lamin Yamal 18 yosh 230 kunligida "Barselona" tarixida La Liga oʻyinida xet-trik qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi. Avval bu natija Lionel Messiga tegishli edi – u 19 yosh 259 kunligida bunga erishgan. Jovani esa 19 yosh 6 kunligida uchta gol urgan edi.
Fikrlar