Lamin Yamal Londonga yetib keldi
Lamin Yamal «Oltin to‘p» taqdimot marosimida asosiy nomzod sifatida ishtirok etish uchun Londonga keldi.
«Barselona» jamoasining yosh vingeri Lamin Yamal Londonga yetib keldi. Futbolchi mingan xususiy samolyot Buyuk Britaniya hududiga qo‘ndi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yamal Londonga «Oltin to‘p» taqdimot marosimida ishtirok etish uchun uchib kelgan. U bu nufuzli sovrin uchun kurashayotgan asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
E’tiborlisi, Lamin Yamal Angliyaga «Barselona» delegatsiyasidan alohida kelgan. U o‘zining 16 nafar mehmoni — do‘stlari va yaqinlarini ham olib kelgan.
Futbolchi g‘alaba qozongan taqdirda ular bilan birgalikda alohida bayram tadbiri uyushtirishni rejalashtirgan.

Izohlar (0)