Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Lamin Yamal: "O‘tgan Jahon chempionatini dars paytida tomosha qilgandim"

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Yosh iqtidor egasi o‘zining o‘yini haqida gapirdi

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida ispanlar raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida hisobni ochgan Yamal o‘zining mundiallardagi ilk golini kiritdi.

18 yoshli futbolchi uchun bu Jahon chempionatidagi asosiy tarkibdagi birinchi o‘yin bo‘ldi.

"Bu juda alohida hissiyot. Men har doim Jahon chempionatida o‘ynashni orzu qilganman. Asosiy tarkibdagi birinchi o‘yinimda gol urganim — orzularim ro‘yobga chiqqanidir.

O‘tgan Jahon chempionatini esa dars paytida tomosha qilgandim", — dedi Yamal DAZN nashriga bergan intervyusida.

Qayd etish joiz, Ispaniya Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan yirik g‘alaba orqali pley-off bosqichiga chiqish masalasini deyarli hal qildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q