Lamining oilasi «Oltin to‘p» mukofoti natijalarini tanqid qildi
Lamin Yamanning amakisi «Oltin to‘p» Garri Keynga berilib, jiyani faqat uchinchi bo‘lganidan qattiq norozilik bildirdi.
«Barselona»ning yorqin yulduzi, ispaniyalik yosh hujumchi Lamin Yamalning amakisi bu yilgi nufuzli «Oltin toʻp» mukofoti natijalaridan norozilik bildirdi.
Lamin Yamalning amakisi Abdul bergan intervyusida, jiyani munosib sovrinsiz qolgani uni juda ranjitganini aytdi. Uning taʼkidlashicha, Yamal bir mavsumdayoq La Liga, Ispaniya Superkubogi va jahon chempionligiga erishdi, ammo bu ham «Oltin toʻp» uchun yetarli boʻlmadi.
«Nima ekanini aniq bilmayman, lekin bu yerda nimadir toʻgʻri emas. Mavsum davomida deyarli hech narsa yutmagan oʻyinchilar ham sovrin uchun daʼvogarlik qildi. Ismlarni aytmayman. Lamin hali ham dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Hozir uning darajasiga yetoladigan biror oʻyinchi yoʻq», — deya qoʻshimcha qildi Abdul.
Eslatib oʻtamiz, bu yilgi «Oltin toʻp» sovrini Harri Keynga nasib etdi. Ovoz berish natijalariga koʻra, undan keyingi oʻrinlarni Kilian Mbappe va Lamin Yamal egalladi.

Izohlar (0)