"Lans" bosh murabbiyi Abduqodir Husanov haqida: "U kabi futbolchini hali ko‘rmagandim!"

  • 31 iyul, 2023, 15:10
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Lans" bosh murabbiyi Frank Xeyz Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Uning maydondagi o‘yinini ko‘rib, bu yigit 19 yoshda ekaniga shubha qilib qolasiz. Husanovning harakatlari 25 yoshli futbolchinikiga o‘xshaydi, ammo u rostan 19 yoshda.

Kam daqiqa ko‘rinish bergan bo‘lsa ham himoyachi ishonchli o‘yini bilan o‘zini zo‘r darajada ekanini namoyish qildi. Unda frantsuz tili bilan ozroq muammosi bor. Biroq shuni inobatga olmaganda, Abduqodir klubga moslashib keta oladi.

Hafta davomida uning to‘p bilan ajoyib ishlar qila olishini ko‘rdik, o‘zining darajasi qanday holatda ekanini isbotlay oldi. Husanov - jiddiy, og‘ir-vazmin va to‘p bilan yaxshi harakat qila oladigan yosh iqtidor sohibi.

19 yoshda bizning yoshartirilgan tarkibda u kabi futbolchini hali ko‘rmagandim. Bizda iste’dodli yoshlar etarli, ammo bu darajada emas. Bilmadim, uning mavsumi qanday o‘tadi, ammo biz mashg‘ulotlarda ijobiy holatni kuzatmoqdamiz", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Muhammad Shox
31/07/2023 15:52
Келажакда ван Дейк, Варан, Пуйол, Рамос, Малдини сингари уни ҳам жаҳон футболида ўз ўрни бўлишига тилакдошман
Adham Tuychiev
31/07/2023 16:42
Omin. Ishqilib oxirigacha shunaqa ketsin. Omad unga.
Yusupov Otabek
31/07/2023 15:32
Алхамдулиллах Узбек йигитлари дунёни лол колдирадиган кунлар хам келяпти.
Avaz Begmatov
31/07/2023 18:04
Омадини берсин)