“Lans” Husanovning narxini yana oshirdi!

  • 8 yanvar, 21:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qishki transfer bozorida Abduqodir Husanov uchun kurash qizib bormoqda. Ayni paytda 20 yoshli markaziy himoyachiga “top-5” chempionatlarning barchasidan bir nechtadan xaridor bor va bu da’vogarlar safi keskin oshib bormoqda.

Ayniqsa, “Pari Sen-Jermen”, “Manchester Siti” va “Real” kabi o‘z mamlakatlari chempionlarining o‘zbek futbolchisini olish bo‘yicha amaliy harakatlarga o‘tgani barcha e’tiborini o‘ziga tortmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, Abduqodir Husanovning qaysi klubga ko‘chib o‘tishi, nafaqat o‘zbekistonlik muxlislar, balki boshqa davlatlardagi futbol ishqibozlarini ham qiziqtirib qo‘ygan.

Frantsiya futboli yoritib kelayotgan manbalardan biri foot-sur7.fr sayti “Lans” o‘z kashfiyotiga bo‘layotgan qiziqishning ortib borishi ortidan Husanov uchun talab qilayotgan narxni ko‘targani haqida xabar tarqatdi.

Aslini olganda, “Lans” byudjetdagi kamomadlarni yopish uchun bir necha futbolchilarini sotib yuborishga qaror qilgan. Frantsiya chempionatida “Lans” himoyasi eng kuchli jamoa hisoblanadi. Da’vogarlar esa, “Lans”dan darvoza daxlsizligini saqlashda jonbozlik ko‘rsatayotgan uch futbolchi – darvozabon Bris Samba, Abduqodir Husanov va Kevin Dansoni so‘rayapti.

- Bris Samba ketadi. Abduqodir Husanov ham ketadi. Ayniqsa, Abduqodirning ketishi unga bo‘ladigan taklif klubning moliviy manfaatlariga mosligiga bog‘liq. Sport va iqtisodiy muvozanat bir biriga to‘g‘ri kelishi kerak, - dedi “Lans” bosh direktori Per Dreossi DAZN manbasiga bergan intervyusida.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi Abduqodir Husanovning “Lans” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.  “Lans” o‘z markaziy himoyachisini qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirganidan keyin xaridorlar ko‘payib ketdi.

- Foot Mercato nashri Uill Still shogirdiga Evropaning bir necha klublari jiddiy qiziqish bildirayotganini yozdi. PSJ Husanovni yanvarda olmoqchi. Jurnalist Santi Auna kurashga  “Real” qo‘shilgani va futbolchining vakillari bilan aloqa o‘rnatgani haqida ma’lumot tarqatdi.

“Nyukasl” va “Manchester Siti”ning Husanovni olishga urinishi ancha jiddiy masala darajasiga ko‘tarildi va bu klublar rahbariyatlari ham markaziy himoyachining agentlari, xususan otasi Hikmatjon Hoshimov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Lans” boshida 20 yoshli himoyachisini 25-30 million evroga sotib yuborishni umid qilayotgan edi. Endi o‘yinchi uchun kurashga badavlat klublar qo‘shilganini inobatga olib, Husanovning transferidan 40 million evro ishlab olishga umid qilmoqda, - deb yozdi  foot-sur7.fr sayti ekspert Jan Lyuk.

 

Eslatib o‘tamiz, “Lans” 2023 yilning yozida Abduqodir Husanovni Belarusning “Energetik-BGU” jamoasidan transfer qilish uchun atigi 100 ming evro sarflagan edi.

“Roma” Shomurodov bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!