Laporta Reshford transferi haqida: "Yakunda o‘zimga eng ma’qul kelgan nomzodni tanladik"

  • 25.07.2025 00:59
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Joan Laporta Markus Reshford transferi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Reshford bo‘yicha kelishuv qanday kechdi?

- Bu darvozabon masalasiga qaraganda murakkabroq vaziyat edi, chunki har tomondan turli fikrlar kelib tushayotgan edi. Bir nechta variantlar mavjud edi va yakunda o‘zimga eng ma’qul kelgan nomzodni tanladik.

To‘g‘ri, menga Luis Dias ham yoqardi, u juda ko‘p qirrali futbolchi. Shunga qaramay, futbolchining jamoaga o‘tish istagini hurmat qilaman.

Niko Uilyams bilan ham shunday holat yuz berdi. Luis bilan bog‘liq vaziyat murakkab bo‘lgani va biz Reshford bilan muzokaralar olib borayotganimizni hisobga olib, Nikoning agenti menga uni transfer qilish taklifini berdi. Buni menga Deku aytib berdi. Umuman olganda, men boshqa ikkita variant ustida ishlashni ma’qul ko‘rardim, lekin bunday hollarda har doim sport direktorining fikriga quloq solaman.

Mazkur kelishuvdan juda mamnunmiz, sababi "Barsa"ga etuk yoshda, g‘ayritabiiy ishtiyoq bilan yuqori mahoratli futbolchi kelyapti. Men shaxsan uning "Barsa"ga o‘tishdan juda mamnun ekanligini ko‘rdim, - dedi "ko‘k-anorranglilar" prezidenti.

Ma’lumot uchun, "Barselona" 27 yoshli hujumchini "Manchester Yunayted"dan 30 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!