"Latsio" to‘purari "Oltin butsa" uchun kurashda Robert Levandovskini ortda qoldirishi mumkin
Italiya A Seriyasi 36-turi doirasida "Latsio" "Verona"ni qabul qilib, yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Rim klubi hujumchisi Chiro Immobile ushbu bahsda xet-trik muallifi bo‘ldi va A Seriyadagi gollari sonini 34 taga etkazib oldi.
Shu tariqa, forvard "Oltin butsa" uchun kurashda Robert Levandovski (34) bilan bir xil natijani qayd etib turibdi. Biroq, italiyalik futbolchining hisobida yana ikkita zaxira o‘yini mavjud.
Fikrlar