"Latsio" va "Milan" o‘zaro murabbiy almashtirishlari mumkin

  • 1 iyun, 2019, 20:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Latsio"da ish boshlashi mumkin. E’tiborlisi, agar bu sodir bo‘lsa "Latsio"ning amaldagi ustozi Simone Indzagi "Milan"ga ko‘chib o‘tadi.

Tecno

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "rossonerilar" 43 yoshli mutaxassisga 3 yillik shartnoma va yiliga 2,5 million evro maosh va’da qilishmoqda.

O‘z navbatida "Latsio" ishsiz qolgan Gattuzo bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” o‘tgan mavsum A Seriyada 5-o‘rinda yakunladi, “Latsio” esa Italiya kubogini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!