Lautaroning xet-trigi va Jekoning dubli “Inter“ni yana jadval peshqadamiga aylantirdi

A Seriya 28-turidan o‘rin olgan “Inter“ - “Salernitana“ uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar yirik 5:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 3 goli Lautaro Martines hisobiga yozildi. Qolgan 2 gol muallifi Edin Jeko bo‘ldi.

Shu tariqa, milanliklarning mazkur g‘alabadan so‘ng ochkolari soni 58 taga etdi. Klub hozircha jadvalda 1-o‘rinni egallab turibdi.

“Salernitana“ hisobida 15 ochko mavjud bo‘lib, jamoa so‘nggi pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!