
Leau La Ligaga yo‘l olishi mumkin
"Barselona" Rafael Leauga qiziqish bildiryapti. "Ko‘k-anorranglilar" uni jamoa o‘yiniga sezilarli ta’sir o‘tkaza olishiga ishonyapti.
"Diario Sport" nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida tarkibni yulduz futbolchi bilan kuchaytirish niyatida. Sport direktoriga yangi yulduzlarni klubga jalb etish uchun tarkibdagi ba’zi futbolchilarni sotish vazifasi yuklatilgan.
Qayd etish lozim, Leauning ayni damdagi transfer qiymati 90 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar