
Leau "Milan"ning asosiy figurasiga aylanadi
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli hujumchi Rafael Leauning yangi shartnomasi haqida gapirdi. Portugaliyalik hali ham "rossonerilar" rahbariyatiga yangi bitim borasida murojaat qilgani yo‘q.
"Men Leau bilan gaplashdim. Rafa hali ham "Milan"ning rivojlanishi uchun muhim insonlardan biri hisoblanadi. Biz rahbariyat bilan baravariga shunday xulosaga keldik. U "Milan"da o‘ynaganidan xursand va men uning bu erda qolishini xohlayotganini sezib turibman.
Leau haqiqiy chempion ekanligini isbotlaydi. U mashg‘ulotlarda har doim to‘g‘ri munosabat bilan ishlaydi va 100% borini beradi", - dedi Pioli.
Eslatib o‘tamiz, bugun Leauning goli "Milan"ga "Salernita"nani mag‘lub etishga yordam berdi. "Rossonerilar" yakunda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Fikrlar