Legionerimizdan golli uzatma (video)

  • 16 may, 2021, 10:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dam olish kunlari Belarus Oliy ligasida 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan BATE klubi mazkur tur doirasida kecha Brestning "Rux" klubini qabul qildi.

Tecno

Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Borisovliklar safila hamyurtimiz bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va jamoasining birinchi goliga assistentlik qildi. 59-daqiqada Umarov zaxiraga olindi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng BATE hisobidagi ochkolar soni 20 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Belarus Oliy ligasi. 9-tur

BATE - "Rux" 3:2

Gollar: Pavel Nexaychik (26), Stanislav Dragun (72), Villyum Villumson (83) - Evgeniy Shevchenko (19), Denis Grechixo (27)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!