Legionerimizning "Barsa" bilan o‘yini Chempionlar ligasi rekordi bo‘ladi
Ozarbayjonning amaldagi chempioni «Sabah» jamoasi va ispaniyalik «Barselona» oʻrtasidagi bahs Boku shahrida oʻtkazilib, joriy mavsum Chempionlar Ligasidagi eng uzoq safar uchrashuvi sifatida qayd etildi.
2026/2027 yildgi mavsumning umumiy bosqichi uchun tasdiqlangan taqvimga koʻra, Kataloniya klubi bir tomonlama safarda taxminan 4 172 kilometr masofani bosib oʻtadi. «Barselona»dan Bokuga parvoz vaqti 5 soat 25 daqiqa atrofida boʻlishi kutilmoqda. Shu tariqa «Sabah» – «Barselona» uchrashuvi joriy mavsum turnirida raqib shaharlar orasidagi masofa boʻyicha rekord oʻrnatadi.
Mazkur oʻyinda Qozogʻiston terma jamoasi darvozaboni Stas Pokatilov ham maydonga tushishi mumkin. U «Sabah» sharafini himoya qiladi va klub sardori sifatida saralash bosqichida jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri boʻldi. Aynan shu muvaffaqiyatli oʻyinlar tufayli ozarbayjon klubi oʻz tarixida ilk bor Chempionlar Ligasi umumiy bosqichiga yoʻl oldi.
«Barselona»dan tashqari, «Sabah» oʻz maydonida yana Germaniyaning Dortmund shahar klubi «Borussiya» va Italiyanning «Napoli» jamoalariga qarshi ham bahs olib boradi.

Fikrlar