Legionerimizning goli eng zo‘ri bo‘ldi!

  • 4 iyun, 2021, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus milliy chempionati oliy ligasini kuzatib borayotgan muxlislar ovoz berish yo‘li bilan 11-turning eng chiroyli golini tanladi.

Tecno

Muxlislarning aksariyati o‘zbek legioneri Shahboz Umarovning “Slaviya” darvozasiga urgan supergoliga ovoz berdi.

BATE 11-tur uchrashuvini o‘z maydonida “Slaviya”ga qarshi o‘tkazib, 3:0 hisobida zafar quchgandi. Bellashuvning 42-daqiqasida Shahboz o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan jarima zarbasini ijro etdi. Hamyurtimiz uzoq masofadan darvoza to‘rini aniq nishonga olib supergol muallifi bo‘ldi.

Umuman olganda, Shahboz Umarov chiroyli gol urish bo‘yicha etakchi hisoblanadi. Avvalgi turlarda ham ijro nuqtai nazaridan mukammal zarbalar bilan to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ygandi.

22 yoshli futbolchimiz shu paytga qadar BATE safida beshta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi. Borisovliklar 11-turdan so‘ng, 26 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. BATE navbatdagi uchrashuvini 11 iyun kuni o‘z maydonida “Neman”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!