Legionerimizning narxi oshdi

  • 20 may, 2022, 16:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja" klubi safida harakat qilayotgan Otabek Shukurovning transfer narxi o‘zgardi.

"Transfermarkt" portali yangilangan reytingda legionerimizning narxi 4 million evro etib belgilandi. Bungacha u 3,5 million evroga baholanayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Otabekdan faqatgina "Roma" safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov qimmat. Uning qiymati 10 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!