Legionerlarimiz. Sergeev gol urgan bahsda "Patum Yunayted" g‘alaba qozondi

  • 09.12.2023 20:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Tailand chempionati 13-turidan o‘rin olgan "Patum Yunayted" - "Ratchaburi" bahsi yakunlandi va unda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Dastlab, 15-daqiqada Igor Sergeev hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘ngida uning jamoadoshi Ixsan Fandi oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘yd. Uchrashuv so‘ngida Tasa gol urib, hisobni qisqartirdi.

Shu tariqa, "Patum" o‘z uyida g‘alaba qozondi va turnir jadvalida 27 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!