
Lempard Xadson-Odoini "Chelsi"da qolishga ko‘ndirdi
Londonning "Chelsi" klubi forvardi Kallum Xadson-Odoi o‘zining kelajak faoliyati borasida yakuniy qarorga keldi.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga qaraganda 18 yoshli angliyalik futbolchi jamoaning yangi bosh murabbiyi Frenk Lempard bilan bo‘lgan suhbatdan so‘ng “aristokratlar” safida qolishga qaror qilgan. U tez orada londonliklar bilan shartnomani uzaytirishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Xadson-Odoi o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar