Lempardning "Derbi Kaunti"dagi o‘rnini Fillip Koku egalladi

  • 05.07.2019 13:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri hisoblangan Fillip Koku “Derbi Kaunti” bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 48 yoshli gollandiyalik mutaxassis ingliz klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

Ta’kidlash kerakki, u bu lavozimda “Chelsi” bilan shartnoma imzolagan Frenk Lempardning o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, “Derbi Kaunti” Chempionship vakili hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!