Lempardning ikki hujumkor futbolchisi ikki haftaga safdan chiqdi

  • 9 dekabr, 2020, 15:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard yarim himoyachilar Kallum Xadson-Odoi va Hakim Zieshning holati bo‘yicha ma’lumot berdi.

"Ikkala futbolchi ham ikki hafta maydonga tusha olmaydi. Hakimning jarohatidan xavotirda edim, chunki vaziyat og‘irroq bo‘lishi mumkin edi. Kallum ikki kun oldin mashg‘ulotlarda jarohat olgani bois, uning holati haqida qo‘limizda aniq ma’lumot yo‘q edi", - deydi Lempard.

Joriy mavsumda Ziesh londoniklar safida 12 ta o‘yinda 2 ta gol kiritib, 3 ta golli uzatma berdi, Xandson-Odoi esa 12 ta o‘yinda uchta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!