Leron Myurfi og‘zidagi oshni oldirdi, Movsar Evloevdan esa kembek!
Angliya poytaxtida tashkil etilgan UFC oqshomi ko‘z yosh-la xotima topdi.
Mazkur kechada mahalliy sportchi Leron Myorfi og‘zidagi oshni oldirib, muxlislarini qayg‘uga soldi. Movsar favorit sifatida oktagonga qadam bosgan to‘qnashuvida dastlab, ixlosmandlarining ichida vasvasa uyg‘otdi, biroq yakunda kambek amalga oshirib, adrenalinni cho‘qqiga olib chiqdi.
Rossiyalik UFC dagi barcha g‘alabalarini hakamlar qarori bilan qo‘lga kiritgandi. Bukrini g‘or to‘g‘rilaydi, deydi eskilarimiz. Bu safar ham uch hakamning ikkisi Evloevga ustunlikni berdi. Bu esa uning karerasiga "mag‘lubiyat" deb atalmi sh dog‘ tushishidan saqlab qoldi.
Aslida, bugunga qadar ingilizda ham bunday dog‘ yo‘q edi. 18 ta jangining 17 tasi g‘alaba bilan tugagan, 1 tasida esa durrang natija qayd etgandi. Ammo bu seriya o‘n to‘qqizinchi bor oktagonga chiqqanida barham topdi.
Aslida ikki mag‘lubiyatsiz sportchi o‘rtasidagi to‘qnashuvni titul bahsida tomosha qilish qiziqroq edi, lekin bu divizion biroz tartibsiz. Chempion – Aleksandr Volkanovski, da’vogar esa ikki marta ketma-ket Diego Lopez bo‘ldi. Dana Uayt, shubhasiz, kamar jangi qiziqroq o‘tishini istayabdi. Shu bois braziliyalikka ikki bor imkon bergandir. Biroq bugungi qahramonlarimizning uslubi haqida unday deya olmaymiz.
Movsarning qo‘l va oyoq bilan kuchsiz zarbalari ila ochko to‘plashi, keyin raqibni parterga olib o‘tib, jangni to‘liq nazorat qilishiga o‘rganib qoldik.
Leron esa "stoyka" da hujum-himoya usuli bilan ochkolar yig‘ar, ba’zan hakamlar qarori bilan, ba’zan noodatiy zarbalari ila nokautlarni ko‘rsatib turardi.
Ushbu qarama-qarshilik oldidan ko‘pchilik mutaxassislar Movsarning teikdaun va parterdagi nazoratni qorishtirib, masalani o‘z foydasiga hal qilishini kutgandi. Yakunda ham mazkur kutilmalar o‘zini oqladi, ammo Evloevning dastlabki ikki raundda teikdaun amalga oshirmagani hammani hayron qoldirdi. Taniqli MMA ustlari ekranlarga keladigan ijtimoiy tarmoq postlarida "20-18 Leron foydasiga", deb turishgandi.
Lekin uchdan beshga qadar har bir raundda rossiyalik o‘z stiliga qaytib, kambek qildi va adrenalinni cho‘qqiga olib chiqdi.
Ehtimol, keyingi bahsda Movsar amaldagi chempion Volkanovskiga qarshi oktagonga chiqadi, Myorfi esa Oq Uyda jang qiladigan Lopezning tiklanish davridan o‘tib olishini kutib turadi.
Azizbek G‘OZIY tayyorladi
Fikrlar