"Lester" A Seriya klubidan futbolchi sotib olmoqchi

  • 15.07.2019 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Lester” klubi “Sampdoriya” yarim himoyachisi Dennis Prataning transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “tulkilar” 25 yoshli belgiyalik futbolchi uchun bonuslar bilan birga 18 million evro taklif qilishmoqda. Biroq, genuyaliklar uni 25 mln evroga baholashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Prataga Londonning “Arsenal” klubidan ham qiziqishoar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!