"Lester" MYu futbolchisini sotib olishga urinib ko‘rmoqchi
Angliya matbuotiga ko‘ra, "Lester" qanot himoyachisi Ben Chiluellning o‘rnini to‘ldirish haqida bosh qotirmoqda.
Mish-mishlarga ko‘ra, yozda Chiluell "Chelsiga 60 million funt evaziga ko‘chib o‘tishi mumkin. U holda "tulkilar" uning o‘rnini "Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou bilan to‘ldirishga urinib ko‘radi.
2014-yil MYuga "Sautgempton"dan 30 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan Shou jarohatlar sabab asosiy tarkibdan doimiy joy topa olmayapti.
O‘z navbatida "tulkilar" MYu bilan futbolchining transferi masalasida aloqaga chiqqan va uning katta summa evazigagina "Old Trafford"ni tark etishi mumkinligi haqida javob olishgan.
Fikrlar