"Lester" Vardiga o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Lester" klubi rahbariyati yozda jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan hujumchi Jeymi Vardi o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirmoqda.
Le Quotidien Du Foot nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "tulkilar" bu joyga "Metts" forvardi Xabib Dialloni olib kelishmoqchi.
Aytish kerakki, unga shuningdek "Kristal Pelas" va "Chelsi" kabi APLning boshqa klublari ham qiziqmoqda.
Frantsuz klubi esa 24 yoshli senegallik futbolchining transferini 15 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Diallo joriy mavsum “Metts” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar