Levandovski Ronalduning yo‘lini to‘sib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

  • 23 iyul, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” rahbariyati “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskini transfer qilgunga qadar taniqli agent Jorje Mendesh o‘z mijozi Krishtianu Ronalduni “Barselona”ga joylashga uringan.

Ronaldu asosiy raqobatchisi Lionel Messining sobiq jamoasida o‘ynash uchun maoshining 30 foizga pasaytirilishiga rozilik bergan ekan.

Ronalduning maqsadi Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoaga o‘tish bo‘lib qolmoqda.

Yozda portugaliyalik yulduz Manchesterdan ketib, “Barselona”, PSJ, “Atletiko”, “Bavariya”, “Real” va “Chelsi” kabi jamoalarga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumotlar chiqqan edi. Bu klublarning aksariyati katta maosh oladigan 37 yoshli hujumchi  bilan hamkorlik qilishni istamadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!