Levandovski Saudiyaga ketadi. Uning "Barsa"dagi o‘rnini kim egallashi mumkin?

  • 24.09.2024 14:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski so‘nggi paytlarda muntazam ravishda gol urib kelmoqda, ammo uning yuqori maoshi "ko‘k-anorranglilar" uchun muammo bo‘lib turibdi.

Tecno

TodoFichajes nashri xabariga ko‘ra, polshalik hujumchi joriy 2024/2025 yilgi mavsum oxirida Kataloniya klubini tark etishi mumkin. Levandovski Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi va u erda yanada ko‘proq maosh olishi mumkin - mavsumiga taxminan 50 million evro. Aytish kerakki, 36 yoshida shunday yirik shartnoma imzolash Robert uchun katta muvaffaqiyat bo‘lardi.

Shu sababli “Barselona” rahbariyati Levandovskiga munosib o‘rinbosar qidirmoqda va bu borada “Inter” forvardi Lautaro Martines asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta argentinalik futbolchini juda yaxshi ko‘radi.

Ayni damda “neradzurrilar”da ham moliyaviy qiyinchiliklar bor va shu bois Martinesning transferi istisno emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!