"Lids" "Manchester Siti"dan qaqshatqich zarba qabul qilib oldi

  • 15.12.2021 02:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

ApL 16-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Lids" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda "shaharliklar" 7:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

"Siti" safida De Bryuyne dubl qayd etdi. Shuningdek, Foden, Grilish, Ake, Mahrez va Stounz o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng "shaharliklar" ochkolari sonini 41 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamladi. 16 ochkosi bor "Lids" esa 16-o‘rinni band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!