
"Lift Promotions" Gran-Pri turniriga qur’a tashlandi. Mujibullo Tursunov raqibini bilib oldi
Oldin xabar berganimizdek, 2 dekabr kuni Toshkent shahrida joylashgan "Humo Arena"da professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ushbu oqshomda yurtimizning va horijdan kelgan bir qancha charm qo‘lpop ustalari ringga ko‘tariladi. Shuningdek, 63,5 kg vazn toifasida gran-pri turniri yarim final janglari va 72 kgda ham huddi shunday turnirning ilk bosqichi bo‘lib o‘tadi. Qolaversa, asosiy bahslarda Fazliddin G‘oibnazarov, Jamshid Karimov, Olimpiada o‘yinlari sovrindori, armanistonlik Ovannes Bachkov, irlandiyalik Jono Kerrol kabi bokschilar ringga ko‘tariladi.
Bugun mazkur jang avvalidan xabar berib o‘tganimizdek, Gran-Pri turniri doirasidgi 63,5 kgda yarim final va 72 kgda saralash janglari uchun Frankfurt mehmonxonasida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va juftliklar ma’lum bo‘ldi. Quyida ushbu juftliklar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
*63,5 kg vazn toifasida gran-pri yarim finalchilari:
Mujibillo Tursunov (1-0) (O‘zbekiston) - Shohruhbek Kenjaev (1-0) (O‘zbekiston)
Farrux Arslonov (3-0, 1KO - Nurim Dilshad (5-0, 3KO)
*72,5 kg vazn toifasidagi saralash juftliklari
Islombek Mo‘minov (3-0-1, 2KO) (O‘zbekiston) - Asilbek Vahobov (debyut) (O‘zbekiston)
Bereket Tairov (debyut) (Qozog‘iston) - Jakipbek Uulu Jarkinbek (debyut) (Qozog‘iston)
Asan Mahmudov (debyut) (Qozog‘iston) - Anvar Turapov (7-1, 6KO) (O‘zbekiston)
Suxrob Qayimov (debyut) (O‘zbekiston) - Dovud Mahkamov (0-1) (Tojikiston)
Fikrlar