Lift Promotions kompaniyasi boks oqshomining barcha natijalari va nokaut videolari bitta sahifada

  • 13 avgust, 2022, 22:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

13 avgust kuni "Humo Arena"da Lift Promotions kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks oqshomi yakunlandi. Natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:

Asosiy kard

Fazliddin G‘oibnazarov - Jadier Parra (Venesuela): G‘oibnazarov raqibini ilk raundda nokautga uchratdi.

Ebert Souza (Braziliya) - Denni Mendoza (Nikaragua): Olimpiada chempioni Souza professional debyut jangida 2-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.  

Shahobiddin Zoirov - Xerson Larios (Nikaragua): Zoirov raqibini ilk raundda bitta zarbada chuqur nokautga uchratdi.

Jedier Errera (Kuba) - Mauro Peroune (Argentina): Peroune 7-raundda jarohat olgani bois shifokor jangni davom ettirishga ruxsat bermadi va shu davrgacha bo‘lgan ochkolar bo‘yicha Erreraning g‘alabasi qayd etildi. 

Lazizbek Mulllojonov - Maykl Basset (Britaniya): Raqibning murabbiyi ringga oq sochiq tashladi va shu tarzda Mullojonov 2-raundda raqibni texnik nokautga uchratgan holda muddatidan oldin g‘alaba qozondi.

Mirazizbek Mirzahalilov - Islam Torobaev (Qirg‘iziston): Torobaevning jamoasi 3-raunddan so‘ng jangni davom ettirishdan bosh tortganligi sababli Mirzahalilov texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

63,5 kg Gran-Pri turniri

Mujibillo Tursunov - Raxmatillo Sharipov: Tursunov prof yo‘nalishdagi debyut jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, ochkolar hisobida g‘alaga qozondi.

Abbosxon Yo‘ldoshev - Shohruhbek Kenjaev: Kenjaev ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.

Timur Abduraxmonov - Farrux ArslonovArslonov ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.

Dastanbek Imankaziev (Qirg‘iziston) - Dilshad Nurim (Qozog‘iston)Nurim raqibini 3-raundda texnik nokautga uchratgan holda g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!