Liga 1. PSJ chiroyli gollar urilgan bahsda “Tuluza”ni mag‘lub etdi
Frantsiya Liga 1 chempionatining 28-turida PSJ o‘z maydonida “Tuluza”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 23-daqiqada Usmon Dembele jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Oradan ko‘p 27-daqiqada mehmonlar safida Nikolaysen oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
Biroq 33-daqiqada Dembele yana katta sahnaga chiqdi va hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Gonsalo Ramush ham gol muallifiga aylandi — 3:1.
Shu tariqa, Luis Enrique shogirdlari ochkolar sonini 63 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
- Fransiya - Liga 1
- Joriy Mavsum
PSJ
- Ousmane Dembélé 23'
- Ousmane Dembélé 33'
- Gonçalo Ramos 90'
Tugadi
3
:
1
03.04.2026 23:45
Tuluza
- Rasmus Nicolaisen 27'
Fikrlar