Liga 1. PSJ mehmonda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
Liga 1’ning 16-turida "Mets" o‘z uyida PSJni qabul qildi va 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Dastlab, uchrashuvning 31-daqiqasida Gonsalu Ramush hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Kanten Ndjantu farqni ikkitaga oshirdi. Birinchi taym yakunlanish arafasida Jessi Deminge hisobni qisqartirdi. 63-daqiqada Dezire Due parijliklarning uchinchi goliga mualliflik qildi. Ammo Jorjiy Tsitaishvili gol urib, hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi.
Shu tariqa, Luis Enrike shogirdlarining ochkolari soni 36 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
- Fransiya - Liga 1
- Joriy Mavsum
Metz
- Giorgi Tsitaishvili 81'
- Jessy Deminguet 42'
Tugadi
2
:
3
13.12.2025 23:00
PSJ
- Désiré Doué 63'
- Quentin Ndjantou 39'
- Gonçalo Ramos 31'
Fikrlar