Liga 1. PSJ o‘z uyida "Monako"ga imkoniyatni boy berdi

  • 07.03.2026 03:38
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Liga 1ning 25-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda amaldagi chempion PSJ o‘z maydonida "Monako"ni qabul qildi va 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Dastlab, 27-daqiqada Magnes Akliush hisobni ochgan bo‘lsa, 55-daqiqada Aleksandr Golovin oradagi farqni ikkita oshirdi. Ammo 77-daqiqada Bradli Barkola hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu goldan ko‘p o‘tmay esa Folarin Balogun katta sahnaga chiqib, o‘yinga nuqta qo‘ydi — 1:3.

Shu tariqa, "Monako"ning ochkolari 40 taga yetdi. Luis Enrique shogirdlari esa 57 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

  • Fransiya - Liga 1
  • Joriy Mavsum
591.png

PSJ

  • Bradley Barcola 71'
Tugadi
1 : 3

07.03.2026 00:45

6789.png

Monako

  • Maghnes Akliouche 27'
  • Aleksandr Golovin 55'
  • Folarin Balogun 73'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!