Lionel Messi asabiylashmoqda. Sabab?

  • 31.05.2023 06:34
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol

Lionel Messi "Barselona" unga taklif yubormaganidan xavotirda.

Insayder Jerar Romeroning so‘zlariga ko‘ra, PSJ hujumchisi asabiylashmoqda. Sababi, u o‘tgan hafta o‘z kelajagi haqida qaror qabul qilmoqchi bo‘lgan, ammo "ko‘k-anorranglilar" bilan bog‘liq noaniqlik tufayli hozircha buni uddalay olmadi.

Kataloniyaliklar u bilan norasmiy muzokaralar olib bormoqda, rasmiy taklif esa hech qachon bo‘lmagan. Bunga klub La Liga bilan olib borayotgan muzokaralardagi kelishmovchilik sabab bo‘lmoqda. 

Hozircha futbol mutasaddilarining roziligini olishning imkoni bo‘lmadi. La Liga doirasidagi navbatdagi muhokama 31 may kuni bo‘lib o‘tadi va ular 24 soat ichida "Barselona" vakillari bilan bog‘lanadi.

Xabar qilinishicha, Lionel yaqin kunlarda yangi klub borasida qaror qabul qilmoqchi. Unga Premer-liga, Saudiya Arabistoni Ligasi hamda MLSdan takliflar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
● 10 ●
31/05/2023 11:21
Шохга тезда таклиф юборилсин.
Булдида, каридинг кутингни кисиб дамингни ол. Соккани босган булсанг.