Lisandro Martines «Barselonaga» o‘tishi mumkin

  • 15.10.2026 19:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martines faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Juan Jezus xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi argentinalik futbolchi atrofidagi vaziyatni ancha vaqtdan beri diqqat bilan kuzatib kelmoqda. «Barselona» rahbariyati Martinesning o‘yin uslubi va maydondagi fazilatlarini bir necha mavsumdan buyon yuqori baholab kelayotgani aytilmoqda.

Shuningdek, Lisandro Martines yaqinda bergan intervyusida «Manchester Yunayted» rahbariyati faoliyatini tanqid qilgani eslatib o‘tiladi. Himoyachining «qizil shaytonlar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Shu bois kelasi yozda u erkin agent maqomiga ega bo‘lishi ehtimoli bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!