«Liverpool» qishda yozda sotib ololmagan yarimhimoyachiga yana qaytib murojaat qiladi
«Liverpul» rahbariyati «Brayton» vingeri Yankuba Mintening nomzodini hali ham asosiy transfer maqsadlari ro‘yxatida saqlab turibdi. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Mersisayd klubi qishki transfer oynasida futbolchini qo‘lga kiritish uchun yana bir bor urinib ko‘rishi mumkin. Avvalroq «qizillar» Minteni olishga harakat qilgan, ammo o‘shanda kelishuv amalga oshmay qolgan edi.
22 yoshli Gambiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan vinger 2024 yil yozidan buyon «chaeklar» sharafini himoya qilmoqda. Uning «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyuni oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali mutaxassislari Mintening bozor qiymatini 45 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar