"Liverpool" 80 million yevroga oʻyinchi oladi
Yaxshi tanlov
Germaniya terma jamoasi va Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Feliks Nmecha Angliya premer-ligasining yetakchi klublaridan biriga yo‘l olishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi «Liverpul» uchun ehtimoliy zahira varianti sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Mersisayd klubi avvalo «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottni olishni rejalashtirgan, agar bu transfer amalga oshmasa, «qizillar» Nmechaga murojaat qilishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, Nmechaning hozirgi shartnomasida «Borussiya» uni 80 million yevro evaziga qo‘yib yuborishini ko‘zda tutuvchi maxsus band mavjud. Ushbu band iyun oyi oxirigacha kuchda bo‘ladi.
Feliks Nmecha joriy mavsum Bundesligada olti o‘yin o‘tkazib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Uning dortmundlik klub bilan tuzgan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Izohlar (0)