"Liverpul" "Atletiko"dan ustun keldi, PSJ esa so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi va boshqa natijalar

  • 4 noyabr, 2021, 02:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Atletiko" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘yinning 13-daqiqasida Arnoldning uzatmasidan so‘ng Jota hisobni ochdi. 21-daqiqada Mane oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi



"Leyptsig" maydoniga safar qilgan PSJ kuchli qarshilikka duch keldi. 

8-daqiqada Nkunku hisobni ochdi. So‘ngra Veynaldum o‘z dubli evaziga Parij klubini oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Soboslai muvozanatni tikladi. Yakuniy hisob 2:2.



O‘z maydonida "Ayaks"ni qabul qilgan "Borussiya" Dortmund birinchi bo‘limdayoq bir kishi kam bo‘lib qoldi. O‘yin 3:1 hisobida amsterdamliklarning foydasiga hal bo‘ldi.   



"Manchester Siti" "Etihad"da o‘tgan bahsda "Bryugge" ustidan 4:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

"Shaharliklar"dan Foden, Mahrez, Sterling va Jezus gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Stuonz 17-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 



"Sporting" - "Beshiktosh" 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!