“Liverpool” “Barsa” yulduzi transferiga kirdi

  • 13.02.2026 06:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya chempioni “Liverpul” himoya chizigʻini Ispaniya chempioni “Barselona” jamoasining tajribali markaziy himoyachisi Jyul Kunde yordamida kuchaytirishga qaror qildi.

Daily Mail nashri maʼlumotiga koʻra, mersisaydliklar fransuz futbolchisini kelasi yozda jamoaga qoʻshib olmoqchi. Rejasini amalga oshirish maqsadida “Liverpul” mutasaddilari 27 yoshli himoyachi uchun kataloniyaliklarga 80 million yevro miqdorida badal puli taklif qilishga tayyor.

Jyul Kunde “Barselona”ga 2022 yilda “Sevilya”dan 50 million yevro evaziga oʻtgan edi. Uning kataloniyaliklar  bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda himoyachi “Barsa” safida barcha musobaqalarda 35 ta oʻyin oʻtkazib, uchta gol urgan va ikkita golli uzatma bergan. Transfermarkt portali Kundening transfer  qiymatini 65 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!