"Liverpul" Ekitikening ikki haftalik maoshini ushlab qoladi
"Liverpul" Yugo Ekitikeni "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgani uchun jarimaga tortadi.
"Qizillar" hujumchisi Angliya liga kubogi doirasida ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi va 53-daqiqada raqibni ushlab, keyin to‘pni tepib yuborgani uchun ogohlantirildi.
85-daqiqada frantsiyalik futbolchi Kezaning uzatmasidan unumli foydalandi va gol urib, mersisaydliklarni 2:1 hisobida oldinga olib chiqdi. Goldan so‘ng Ekitike futbolkasini echib, uni tomoshabinlarga ko‘rsatdi. Bosh hakam Tom Bramell unga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatdi.
Qoidalarga ko‘ra, Ekitike chetlatilganligi sababli APL doirasida bo‘lib o‘tadigan "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
"Daily Mail" xabariga ko‘ra, futbolchi intizomi yomonligi uchun klub tomonidan jarimaga tortilishi mumkin. Aniq jazo tasdiqlanmagan, ammo frantsiyalik futbolchining ikki haftalik maoshi klub tomonidan ushlab qolishini kutilmoqda.
Fikrlar