"Liverpool" yetakchilaridan biri mavsum yakunida jamoani tark etadi

  • 13.01.2026 18:10
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konate mavsum so'ngida jamoasini almashtirishi mumkin.

Taniqli insayder Devid Ornshteyn bergan xabarlarga ko'ra, fransiyalik himoyachi bilan "qizillar" o'rtasidagi yangi shartnoma bo'yicha kelishuv halit hamon so'roq ostida turibdi. Konatening mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi. Avvalroq matbuotda uning xizmatlariga Ispaniyaning ikki grandi "Real" va "Barselona” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Ma'lumot uchun, 26 yoshli himoyachi joriy mavsum APLda 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 bor sariq kartochka bilan jazolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!